Yangiliklar

11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi kasb malakasi diplomi beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga (https://regulation.gov.uz) “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilariga kasb malakasi diplomini berish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Xalq taʼlimi vazirining buyruq loyihasi joylashtirildi.

Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-son “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tayyorlangan.

Ushbu buyruqqa asosan 11-sinf bitiruvchilarining Oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida malaka talablarini bajargan oʻquv-dasturlarida belgilangan bilimlarni oʻzlashtirgan oʻquvchilarga davlat namunasidagi kasb malakasi diplomi berilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, mazkur hujjat loyihasiga koʻra oʻquv-ishlab chiqarish majmuasini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchiga mehnat qilish huquqini beruvchi oddiy yoki aʼlo darajali kasb malakasi diplomi beriladi hamda mazkur diplom bitiruvchining qaysi oʻquv-ishlab chiqarish majmualari kasb-hunar oʻrganishidan qatʼiy nazar oʻzi taʼlim olayotgan umumiy oʻrta taʼlimi maktabi direktori tomonidan berilishi belgilangan.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualari:

  • oʻquvchilarga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasb-hunar oʻrgatish;
  • shu kasb boʻyicha ijodiy fikrlaydigan, tashkilotchilik hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga ega boʻlgan shaxsni tarbiyalash;
  • oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kasb-hunar tanlashda koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan.

Manba: uzedu.uz 

User Rating: Be the first one !
Teglar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

*

code

Close

Adblock aniqlandi

Iltimos, reklama blokeringizni o'chirish orqali bizni qo'llab-quvvatlang